✅ O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunining 5-moddasiga asosan fermer xo‘jaligi tanlov asosida aksariyat hollarda mehnat resurslari ortiqchaligi sezilmayotgan yerlarda va hududlarda tashkil etiladi. ✅ Chorvachilik mahsuloti etishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli bo‘lgan taqdirda tashkil etiladi. Fermer xo‘jaligiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlardagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,45 gektar, sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi.
✅ Fermer xo‘jaligi quyidagi hollarda tugatiladi:
✅ O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 30-moddasida o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) — qo‘shni bo‘lgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqidir. ✅ Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin: ✅ Servitut, uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan o‘zga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, kelishuvga yerishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qaroriga binoan belgilanadi.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 31-moddasiga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi joyning o‘zida chegaralar belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin vujudga keladi.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 91-moddasiga ko‘ra, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi. ✅ Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi. ✅ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.