Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2867 marta o'qildi

Advokatlar palatasi qanday tashkilot?

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi mamlakatdagi barcha advokatlarning majburiy a’zoligiga asoslangan notijorat tashkiloti hisoblanadi.

Palata Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari bilan birgalikda advokaturaning yagona o‘zini o‘zi boshqarish tizimini tashkil etadi.

Advokatlar palatasiga qaysi masalalar bo‘yicha murojaat qilish mumkin?

Advokatlar palatasi, jumladan:

  • advokatlik tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • advokaturani rivojlantirish va uning inson huquqlarini himoya qilishdagi rolini kuchaytirishga ko‘maklashadi;
  • aholining huquqiy bilimi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
  • advokatura sohasida qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.

Advokatning xatti-harakatlari yuzasidan intizomiy murojaatlar esa belgilangan tartibda Palataning tegishli hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Advokatlar palatasining markaziy aloqa ma’lumotlari

Manzil: 100142, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 471-uy.

Telefonlar:

  • +998 71 261-61-43;
  • +998 71 261-61-49.

Elektron pochta:

Rasmiy veb-sayt: paruz.uz / advokatuz.uz.

Hududiy masala bo‘lsa qaerga murojaat qilinadi?

Advokatlar palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy boshqarmalari mavjud.

Agar masala muayyan hududda faoliyat ko‘rsatayotgan advokat, advokatlik tuzilmasi, stajirovka yoki advokatning intizomiy javobgarligi bilan bog‘liq bo‘lsa, tegishli hududiy boshqarmaga murojaat qilish maqsadga muvofiq.

Eslatma: Advokatlar palatasi advokatning mijozi bilan tuzgan shartnomasi bo‘yicha muayyan ish natijasini hal qilib beruvchi organ emas. Advokatning noqonuniy xatti-harakatlari bo‘yicha esa qonunda belgilangan intizomiy murojaat tartibi qo‘llaniladi.

Chat