Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 28701 marta o'qildi

Ichki turizm nima?

Ichki turizm — O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan shaxslarning O‘zbekiston hududi bo‘ylab sayohat qilishi.

O‘zbekiston fuqarosi yoki mamlakatda doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ichki turist sifatida sayohat qilishi mumkin.

Ichki sayohat uchun keshbek olish mumkinmi?

Ha. «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida ichki turistlarga sayohat xarajatlarining bir qismi belgilangan tartibda qaytariladi.

Keshbek miqdori:

  • samolyotda borish-qaytish chiptasi uchun — xarajatning 15 foizi, ko‘pi bilan 150 000 so‘m;
  • temir yo‘l yoki avtobusda borish-qaytish uchun — 15 foiz, ko‘pi bilan 80 000 so‘m;
  • joylashtirish xizmati uchun — 15 foiz, ko‘pi bilan 80 000 so‘m;
  • teatr, muzey, tsirk va badiiy galereyaga har bir chipta uchun — 50 foiz, ko‘pi bilan 20 000 so‘m.

Keshbek qanday sayohat uchun beriladi?

Keshbek elektron platformadan ro‘yxatdan o‘tgan ichki sayohat yakunlanganidan keyin va belgilangan shartlarga rioya qilinganda turistning bank kartasiga o‘tkaziladi. Dastur transport, joylashtirish hamda madaniy ob’ektlarga tashrif bilan bog‘liq ichki sayohatlarni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Ichki turizmni rag‘batlantirish bo‘yicha yana qanday choralar bor?

2025-yil iyundan har oyning ikkinchi dam olish kunlari «Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni» sifatida belgilangan.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining respublika bo‘ylab sayohatlarini tashkil etish bo‘yicha yillik rejalar tuzishi ham nazarda tutilgan.

Normativ hujjatlar

 

  1. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 18.07.2019-yildagi O‘RQ-549-son.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 30.04.2022-yildagi PQ-232-son.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 15.05.2025-yildagi PF-87-son.

 

Chat