Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 17392 marta o'qildi

Tuman va shahar darajasida

Davlat tibbiyot tashkilotlarida tuman yoki shahar darajasidagi kafolatlangan tibbiy yordam, pullik tashkilotlar, bo‘limlar va palatalardan tashqari, aholining barcha toifalariga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladi.

Kafolatlangan hajmdan tashqari tibbiy va boshqa qo‘shimcha xizmatlar uchun belgilangan tartibda haq to‘lanadi.

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida quyidagi shaxslarga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladi:

  • g‘irt etimlar;
  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • 1941–1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
  • 1941–1945-yillardagi mehnat fronti qatnashchilari;
  • yoshiga ko‘ra ishlamayotgan pensionerlar;
  • Chernobilь AESdagi avariyani bartaraf etishda qatnashish natijasida nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • baynalmilal jangchilar;
  • Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar a’zolari;
  • ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarga chalingan shaxslar;
  • chaqiruv komissiyasi yo‘llanmasi bo‘yicha 15–17 yoshdagi o‘smirlar va 18–27 yoshdagi chaqiriq yoshidagi shaxslar.

Davlat tibbiy sug‘urtasi joriy etilgan hududlarda

Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda tuman, shahar va hududiy tibbiyot muassasalarida rejali statsionar tibbiy yordamni elektron navbat asosida bepul olishning alohida tartibi ham amal qiladi.

Chat