Subsidiyaga 14 yoshga to‘lgan va 31 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan shaxslar murojaat qilishi mumkin.
Ushbu huquq:
16 yoshga to‘lmagan shaxs nomidan uning qonuniy vakili murojaat qiladi.
Subsidiya nodavlat ta’lim tashkilotlarida:
Subsidiya faqat bitta o‘quv kursi uchun va ko‘pi bilan 12 oyga beriladi.
O‘qish xarajatlari uchun har oy:
O‘qish, yashash va transport xarajatlari uchun bir nafar shaxsga ajratiladigan umumiy subsidiya 50 BHMdan oshmasligi kerak.
Yashash va transport xarajatlari faqat o‘qish xarajatlari uchun subsidiya tayinlangan shaxslarga qoplab beriladi.
Transport xarajatlari uchun subsidiya har bir kilometrga BHMning 0,2 foizidan oshmagan miqdorda hisoblanadi.
Yashash xarajatlarini qoplash uchun ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Ijaradagi uy nodavlat ta’lim tashkiloti joylashgan tuman yoki shahar hududida bo‘lishi lozim. Toshkent shahri bundan mustasno.
Ariza:
Davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi. Nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat axborot tizimlaridan elektron shaklda olinadi.
Yashash va transport xarajatlari uchun ariza o‘qish boshlanganidan keyin har oy yakuni bo‘yicha taqdim etiladi. Unga yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar va zarur holda ijara shartnomasi ilova qilinadi.
O‘qish xarajatlari uchun subsidiya nodavlat ta’lim tashkilotining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya esa ariza beruvchining bank kartasiga o‘tkaziladi.
Mahalladagi yoshlar etakchisi shaxsning o‘qishi, ijara manzilida yashashi va transportdan foydalanishini monitoring qiladi.
Subsidiya ajratish haqida SMS-xabarnoma olgan shaxs 90 kun ichida nodavlat ta’lim tashkiloti bilan tuzilgan shartnomani taqdim etishi va o‘qishni boshlashi kerak. Aks holda subsidiya ajratish rad etiladi.