Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9398 marta o'qildi

Markirovkani o‘qish qurilmasini sotib olish uchun qanday imtiyoz bor?

Raqamli markirovkalangan mahsulotlarni chakana sotuvchi tadbirkorlik sub’ektlari 2027-yil 1 yanvarga qadar markirovkani o‘qish qurilmalarini sotib olish xarajatlari hisobiga to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliqni, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini kamaytirish huquqiga ega.

Kamaytiriladigan summa har bir qurilma uchun 4 BHMdan oshmasligi kerak.

Qaysi import uskunalari bojxona bojidan ozod?

Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni markirovkalash uchun import qilinadigan, TIF TN kodlari 7616 999 009, 9029 900 009, 8544 499 500 va 8528 529 000 bo‘lgan uskunalar 2027-yil 1-iyunga qadar bojxona bojidan ozod qilingan.

Chakana savdoda markirovkani o‘qish qurilmasi shartmi?

Raqamli markirovkalangan mahsulotlarni chakana sotuvchi tadbirkorlar onlayn nazorat-kassa mashinasi yoki virtual kassaga ulangan, shtrix-kod va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qiydigan 2D-skaner, ma’lumot yig‘ish terminali yoki boshqa maxsus qurilmadan foydalanishi shart.

Majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni chakana yoki ulgurji sotuvchi korxonalar «Asl belgisi» mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimiga ulanishi lozim.

Markirovkalangan mahsulot qurilmasiz sotilgani soliq organlari axborot tizimi orqali aniqlansa, tadbirkor shaxsiy kabineti orqali ogohlantiriladi. Ikki marta ogohlantirilgandan so‘ng qoidabuzarlik bir oy ichida yana takrorlansa, soliq tekshiruvi tayinlanishi mumkin.

Pivo va tamaki mahsulotlari chakana savdosida qanday tartib bor?

Pivo mahsulotlarining chakana savdosi vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi. Tamaki va pivo mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun har oy 10 foiz BHM miqdorida yig‘im to‘lanadi.

Chat