Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5018 marta o'qildi

Snijenie razmera zarplatы: analiziruem 7 situatsiy s yuristom 


Ish haqini kamaytirish taqiqlanadi

Xodimning homiladorligi yoki farzandlari borligi bilan bog‘liq sababga ko‘ra:

  • ishga qabul qilishni rad etish;
  • ishdan bo‘shatish;
  • ish haqini kamaytirish taqiqlanadi.

Ish haqi faqat qonunchilikda belgilangan umumiy asoslar bo‘yicha va xodimning homiladorligi yoki farzandlari borligiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgartirilishi mumkin.

Ishga qabul qilish rad etilsa

Homilador ayol yoki farzandlari bor shaxs talab qilsa, ish beruvchi ishga qabul qilishni rad etish sabablarini 3 kun ichida yozma ravishda taqdim etishi shart.

Muhim: yozma asos berilmagani ishga qabul qilish rad etilganligi ustidan shikoyat qilishga to‘sqinlik qilmaydi.

Huquqi buzilgan shaxs Davlat mehnat inspektsiyasiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.

Chat