Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7115 marta o'qildi

V Konstitutsii poyavitsya novaya glava, posvyaщennaya advokature , Novosti  Uzbekistana

Advokatura nima uchun faoliyat ko‘rsatadi?

Advokatura — jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun faoliyat yuritadigan huquqiy institut.

Advokatura fuqarolarga, chet el fuqarolariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek yuridik shaxslarga ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda yuridik yordam ko‘rsatadi.

Advokatura qaysi printsiplarga asoslanadi?

Konstitutsiyaga ko‘ra advokatura faoliyati:

  • qonuniylik;
  • mustaqillik;
  • o‘zini o‘zi boshqarish printsiplariga asoslanadi.

Advokat o‘z kasbiy vazifalarini bajarayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Advokat nimada mustaqil?

Advokat qonunchilik doirasida ishonch bildiruvchi yoki himoya ostidagi shaxsning huquq va manfaatlarini himoya qilish usuli va huquqiy pozitsiyasini mustaqil belgilaydi.

Advokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, unga maslahat berish uchun zarur sharoit yaratilishi shart. Advokatning sha’ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo‘ladi.

Advokaturaning asosiy vazifasi nimadan iborat?

Advokatura fuqarolar va tashkilotlarga:

  • huquqiy masalalarni tushuntirish;
  • huquqiy hujjatlarni tayyorlash;
  • davlat organlari va sudlarda huquq va manfaatlarni himoya qilish;
  • jinoyat ishlarida himoyani amalga oshirish;
  • tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat ko‘rsatish orqali malakali yuridik yordam ko‘rsatadi.

Advokatlik siri himoya qilinadimi?

Ha. Advokat yordam so‘rab murojaat qilinganining o‘zi, murojaat mazmuni, berilgan maslahatlar va advokat bilan suhbatda muhokama qilingan masalalar advokatlik siri hisoblanadi.

Advokat, uning yordamchisi, stajyori va advokatlik tuzilmasi xodimlariga ushbu ma’lumotlarni oshkor qilish yoki o‘z manfaati yoxud boshqa shaxslar manfaati uchun ishlatish taqiqlangan.

Eslatma: advokatning vazifasi muayyan ish natijasini kafolatlash emas, balki ishonch bildiruvchi shaxsning huquq va qonuniy manfaatlarini qonunda taqiqlanmagan barcha huquqiy vositalar orqali professional himoya qilishdan iborat.

Chat