
O‘zbekistonda:
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs advokatlik faoliyati bilan shug‘ullana olmaydi.
Qoida tariqasida, talabgor advokatlik tuzilmasida kamida 3 oy stajirovka o‘tashi va malaka imtihonini topshirishi kerak.
Biroq quyidagi lavozimlarda yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yil ish stajiga ega shaxslar stajirovkadan o‘tmasdan malaka imtihonida ishtirok etishi mumkin:
Malaka imtihonidan o‘ta olmagan talabgor uni qayta topshirishga kamida 6 oydan keyin qo‘yiladi.
Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun 3 oy ichida murojaat qilishi kerak.
Ariza «Litsenziya» axborot tizimi yoki YaIDXP orqali elektron shaklda beriladi. Arizani ko‘rib chiqish uchun BHMning 50 foizi, litsenziya berilganda esa 1 BHM miqdorida davlat boji undiriladi. Arizani ko‘rib chiqish muddati — 10 ish kuni.
Litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi va O‘zbekistonning butun hududida amal qiladi.
Litsenziya olgan talabgor 3 oy ichida advokat qasamyodini qabul qilishi hamda advokatlik tuzilmasini tashkil etishi yoki faoliyat ko‘rsatayotgan advokatlik tuzilmasiga kirishi kerak.
Tegishli hujjatlar adliya organiga kelib tushgandan keyin advokatlik guvohnomasi 2 ish kuni ichida beriladi.
Shaxs aynan advokatlik guvohnomasi berilgan kundan advokat maqomini oladi va Advokatlar palatasining a’zosi bo‘ladi.
Advokatga, qoida tariqasida, boshqa haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ammo qonunda quyidagi istisnolar belgilangan:
Eslatma: oliy yuridik ma’lumotning o‘zi advokat sifatida ishlash huquqini bermaydi. Talabgor qonunda belgilangan malaka jarayonidan o‘tishi, litsenziya va advokatlik guvohnomasini olishi kerak.