Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6098 marta o'qildi

Ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etish holatiga qanday chora  ko‘riladi?

Ariza qaysi holatlarda rad qilinishi mumkin?

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish, jumladan, quyidagi hollarda rad etiladi:

  • ariza yoki vakolatli organning so‘rovi qonun talablariga muvofiq bo‘lmasa;
  • ariza vakil tomonidan berilganda uning vakolatini yoki qonunda nazarda tutilgan holda qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmasa;
  • psixiatriya yordami bilan bog‘liq holatda tegishli muassasaning ma’lumotnomasi bo‘lmasa;
  • gender tengligi buzilganligi bilan bog‘liq ish sudda ko‘rilayotganini tasdiqlovchi ma’lumotnoma mavjud bo‘lmasa.

Noto‘g‘ri ma’lumot berilsa nima bo‘ladi?

Agar shaxs yoki uning vakili taqdim etgan hujjatlarda yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot aniqlansa, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish rad etiladi.

Shu sababli ariza va unga ilova qilinadigan ma’lumotlarni to‘liq va to‘g‘ri taqdim etish muhim.

Bir masala bo‘yicha qaytadan davlat advokati olish mumkinmi?

Agar fuqarolik yoki ma’muriy ish bo‘yicha:

  • ayni o‘sha taraflar o‘rtasida;
  • ayni o‘sha predmet yuzasidan;
  • ayni o‘sha asoslar bo‘yicha davlat hisobidan yuridik yordam avval ko‘rsatilgan va huquqiy himoyaning barcha vositalaridan foydalanilgan bo‘lsa, yana shu nizo bo‘yicha yordam berish rad etilishi mumkin.

Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini qayta ko‘rib chiqish bundan mustasno.

Ariza qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?

Davlat hisobidan yuridik yordam olish to‘g‘risidagi ariza yoki tegishli so‘rov maxsus vakolatli davlat organiga kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Jinoyat ishida advokat ishtiroki majburiy bo‘lgan hollar uchun Jinoyat-protsessual kodeksda belgilangan maxsus muddatlar bundan mustasno.

Rad javobi ustidan shikoyat qilish mumkinmi?

Ha. Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish rad etilsa, uning sababi shaxsga bildirilishi kerak.

Rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.

Eslatma: rad etish har doim shaxsning umuman bunday yordamga haqqi yo‘qligini anglatmaydi. Agar sabab etishmaydigan yoki noto‘g‘ri hujjatlar bilan bog‘liq bo‘lsa, kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyatini aniqlashtirish maqsadga muvofiq.

Chat