Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5216 marta o'qildi

Razmerы shtrafov za narushenie PDD v Uzbekistane – Novosti Uzbekistana –  NOVA24.UZ

YPX xodimi nimalarga haqli?

Xizmat vazifalarini bajarishda YPX xodimi qonunchilikda belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda:

  • transport vositasini to‘xtatish;
  • boshqarish va foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni, transport vositasi va yukka oid hujjatlarni tekshirish;
  • haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaxs ishtirokida transport vositasi va yukni tashqi ko‘zdan kechirish;
  • hujjatlarni tekshirish uchun elektron ma’lumotlar bazasidan foydalanish;
  • YTH yoki boshqa huquqbuzarlik guvohlarini aniqlash;
  • dvigatelь va agregat raqamlarini ro‘yxatlash hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan solishtirish;
  • transport vositasini ta’qib qilish yoki kuzatish huquqiga ega.

Qonunchilikda belgilangan hollarda YPX xodimi transport vositasini ushlab turishi, haydovchini boshqarishdan chetlatishi va transport vositasini maxsus saqlash joyiga olib borish choralarini ko‘rishi mumkin.

Xodim o‘zini tanishtirishi shartmi?

Ha. Yo‘l harakati qatnashchisini to‘xtatgan YPX xodimi:

  • uning oldiga borishi;
  • o‘zini tanishtirishi;
  • lavozimi, unvoni va familiyasini aytishi;
  • talab qilinganda ko‘krak nishon belgisini ma’lum qilishi;
  • xizmat guvohnomasini ochiq holda ko‘rsatishi shart.

Shuningdek, xodim to‘xtatish sababini va sodir etilgan deb hisoblanayotgan huquqbuzarlikni aniq va lo‘nda tushuntirishi kerak.

YPX xodimi videokameradan foydalanishi shartmi?

Ha. YPX xodimi xizmat vazifalarini mobilь videokameradan foydalangan holda oshkora bajarishi shart.

U yo‘l harakati qatnashchisiga videokameradan foydalanayotganini ma’lum qilishi va zarur hollarda videoyozuv huquqbuzarlikni isbotlash uchun foydalanilishi mumkinligini ogohlantirishi lozim.

YPX xizmati yo‘llarda yashirin usulda olib borilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Maxsus moslama bilan qayd etilgan qoidabuzarlikda nima talab qilish mumkin?

Agar qoidabuzarlik radar, o‘lchov asbobi yoki boshqa maxsus moslama bilan aniqlangan bo‘lsa, YPX xodimi haydovchini moslama ko‘rsatkichlari bilan tanishtirishi shart.

Haydovchi talab qilsa, xodim moslamaning qiyoslash sertifikatini ham ko‘rsatishi kerak. Ruxsat etilmagan, sertifikatsiz, sertifikatining amal qilish muddati tugagan yoki belgilangan hisobda mavjud bo‘lmagan maxsus moslamadan foydalanish mumkin emas.

Xodim haydovchidan avtomobildan tushishni talab qilishi mumkinmi?

Faqat belgilangan hollarda.

Masalan:

  • transport vositasidagi texnik nosozlikni bartaraf etish zarur bo‘lganda;
  • haydovchini mast holda deb hisoblashga etarli asos bo‘lganda;
  • dvigatelь yoki agregat raqamlarini solishtirish zarur bo‘lganda;
  • transport vositasi yoki tashilayotgan yuk hujjatlarini tekshirish zarurati tug‘ilganda;
  • haydovchi yoki yo‘lovchi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinganda;
  • haydovchining kabinada qolishi harakat xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lganda avtomobildan chiqish talab qilinishi mumkin.

Boshqa hollarda haydovchi YPX xodimi bilan avtomobildan tushmasdan muloqot qilish huquqiga ega.

YPX xodimi qanday muomala qilishi kerak?

Xodim har qanday vaziyatda yo‘l harakati qatnashchisi bilan:

  • vazmin;
  • xushmuomala;
  • odobli;
  • e’tiborli muomala qilishi, shaxsga hurmat bilan va «Siz» deb murojaat qilishi kerak.

Ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilayotganda shaxsga uning huquq va majburiyatlari tushuntirilishi shart. YPX xodimi shuningdek yuqori turuvchi organ yoki sudga shikoyat qilish huquqini tushuntirishi kerak.

YPX xodimi harakati ustidan shikoyat qilish mumkinmi?

Ha. Yo‘l harakati qatnashchisi:

  • YPX xodimining harakati yoki harakatsizligi;
  • ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma;
  • ish bo‘yicha qabul qilingan qaror ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

Shaxs o‘ziga nisbatan tuzilgan bayonnoma va ish materiallari bilan tanishishi, ulardan o‘z hisobidan nusxa olishi yoki fotosuratga olishi mumkin.

Eslatma: YPX xodimi mobilь videokamerasiz xizmat olib borayotgan bo‘lsa, Nizom yo‘l harakati qatnashchisiga unga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqini beradi.

Chat