Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7291 marta o'qildi

Mediatsiya: prinyatie otvetstvennыx resheniy //Psixologicheskaya gazeta

Qanday nizolarni mediatsiya orqali hal qilish mumkin?

Agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, mediatsiya quyidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarda qo‘llanilishi mumkin:

  • fuqarolik-huquqiy munosabatlar;
  • tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq munosabatlar;
  • mijoz va bank yoki boshqa kredit tashkiloti o‘rtasidagi munosabatlar;
  • sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan munosabatlar;
  • mehnat munosabatlari;
  • oilaviy-huquqiy munosabatlar.

Masalan, shartnomaviy majburiyat, qarz, tadbirkorlar o‘rtasidagi nizo, mehnat yoki oilaviy masala qonun talablariga muvofiq mediatsiya orqali hal qilinishi mumkin.

Qaysi nizolarda mediatsiya qo‘llanilmaydi?

Mediatsiyada ishtirok etmayotgan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga yoki jamoat manfaatlariga daxl qiladigan yoxud daxl qilishi mumkin bo‘lgan nizolarga «Mediatsiya to‘g‘risida»gi Qonun tatbiq etilmaydi.

Eslatma: taraflarning o‘zaro roziligi mavjud bo‘lishi nizoni avtomatik ravishda mediatsiya orqali hal qilish mumkinligini anglatmaydi. Kelishuv uchinchi shaxslarning huquqlari yoki jamoat manfaatlariga zarar etkazmasligi kerak.

Chat