Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1631 marta o'qildi

Akademiyaning maqomi

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Sudьyalar oliy maktabi negizida tashkil etilgan.

U Sudьyalar oliy kengashi huzuridagi yuridik shaxs maqomiga ega maxsus davlat ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

Akademiyaning asosiy vazifalari:

— sudьyalik lavozimiga nomzodlarni kasbiy qayta tayyorlash;

— sudьyalar va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish;

— magistraturada kadrlar tayyorlash;

— odil sudlov sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishdan iborat.

Sudьyalikka nomzodlarni qayta tayyorlash

Sudьyalikka nomzodlarni tanlashda Sudьyalar oliy kengashi talabgorning:

— benuqson obro‘si;

— halolligi;

— sudьyalik kasbiga munosibligi va boshqa shaxsiy-kasbiy xususiyatlarini o‘rganadi.

Tanlov jarayonida:

— psixologik test;

— xorijiy til bo‘yicha test;

— sud ixtisosligi bo‘yicha test;

— yozma imtihon;

— idoralararo komissiya bilan yakka tartibdagi suhbat o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

Ta’lim qanday tashkil etiladi

Kasbiy qayta tayyorlashda «nazariya — amaliyot — simulyatsiya» tamoyili qo‘llaniladi.

Ta’limda:

— «ustoz-shogird»;

«bo‘lajak sudьyani sudьya o‘qitadi»;

— dual ta’lim;

— virtual sud jarayonlari;

— zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish nazarda tutilgan.

Stipendiya

Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘qiyotgan tinglovchilarga o‘qish davrida sudьya yordamchisining bir oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida oylik stipendiya to‘lanadi.

Ta’limni tugatgandan keyin

Yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchiga tegishli sertifikat beriladi va u bo‘sh sudьyalik lavozimi uchun tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Eslatma: tinglovchi dasturni yoki yakuniy attestatsiyani muvaffaqiyatli tugatmasa, shuningdek o‘qishni tugatgandan keyin belgilangan muddatda — ko‘pi bilan 3 yil ichida — bo‘sh sudьyalik lavozimiga hujjat topshirmasa yoki taklif etilgan sudьyalik lavozimidan bosh tortsa, o‘qish davrida olgan stipendiyasini to‘liq qaytarishi talab qilinishi mumkin.

Magistratura

Akademiyada magistratura dasturlari ham tashkil etiladi.

Magistraturada o‘qish muddati 1 yil bo‘lib, uni muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchiga davlat namunasidagi diplom beriladi.

Magistraturaga qabul parametrlari Akademiya kengashining taklifi asosida Sudьyalar oliy kengashi tomonidan har yili tasdiqlanadi.

Chat