Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10 marta o'qildi

Yangi tartibga ko‘ra, banklar mijozlarning hisobvaraqlari va yirik miqdordagi pul tushumlari haqidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etishi mumkin.


Soliq qo‘mitasi banklar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning hisobvaraqlari hamda omonatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

Hujjatga muvofiq, banklar jismoniy va yuridik shaxslarning hisobvaraqlari haqidagi ma’lumotlarni soliq organlariga elektron shaklda taqdim etadi.

Shuningdek, soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida soliq organlarining so‘roviga binoan ham banklar tegishli ma’lumotlarni yuborishi nazarda tutilgan.

Loyihada jismoniy shaxsning bank kartasiga bir kalendar oy davomida boshqa jismoniy shaxslarning bank kartalari yoki elektron hamyonlaridan (yaqin qarindoshlar bundan mustasno) jami 500 BHMga teng yoki undan ortiq miqdorda (206 mln so‘m) mablag‘ kelib tushgan holatlarda ham soliq organlariga ma’lumot taqdim etilishi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, jismoniy shaxslar tomonidan xorijiy yuridik shaxslar hisob raqamlariga o‘tkazilgan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlarni ham (to‘lovchining shaxsiy ma’lumotlarini ko‘rsatmagan holda) soliq organlariga taqdim etish taklif etilmoqda.

Mazkur hujjat muhokamasi 8-iyulga qadar davom etadi.

Chat