Nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu jumladan diniy tashkilotlar, xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari va filiallarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlari akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Xorijiy xodimning qaramog‘idagi oila a’zolari sifatida uning ota-onasi, eri yoki xotini va u bilan birga yashaydigan bolalari ham akkreditatsiya qilinishi mumkin.
Akkreditatsiya O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Chet el fuqarosini qabul qilayotgan NNT rahbari yoki vakolatli shaxs:
Arizaga, asosan:
Xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari va filiallarining xodimlari uchun ishga qabul qilish haqidagi tasdiqnoma-xat belgilangan tartibda legallashtirilishi yoki unga apostilь qo‘yilishi kerak. 18 yoshga to‘lmagan bolalar uchun hujjatlar qisqartirilgan tartibda taqdim etiladi.
Birlamchi akkreditatsiya uchun 5 BHM, qayta akkreditatsiya uchun 2,5 BHM miqdorida davlat boji undiriladi.
YaIDXP orqali murojaat qilinganda birlamchi akkreditatsiya uchun belgilangan davlat bojining 90 foizi to‘lanadi.
Ariza Adliya vazirligi tomonidan 1 oy ichida ko‘rib chiqiladi.
Qo‘shimcha o‘rganish zarur bo‘lsa, ko‘rib chiqish muddati ko‘pi bilan 15 kunga uzaytirilishi mumkin.
Akkreditatsiya ko‘pi bilan 12 oyga beriladi.
Akkreditatsiya kartochkasi chet el fuqarosining shaxsiy akkreditatsiyasini tasdiqlaydi va unga belgilangan tartibda O‘zbekistonda bo‘lish huquqini beradi. Xorijiy xodim ushbu kartochka asosida mehnat faoliyatini faqat uni qabul qilgan NNTda amalga oshirishi mumkin.
Eslatma: akkreditatsiya muddatini uzaytirish uchun ariza uning amal qilish muddati tugashidan 45 kundan kechiktirmay taqdim etilishi kerak.