Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Xususiy sektor xodimlari ish haqini olish uchun bankni o‘zlari tanlashi mumkin

  • 20.11.2026
  • 126 marta o'qildi

Markaziy bank joriy etayotgan tizim orqali xodimlar ish haqi, mukofot puli va boshqa to‘lovlarni o‘zlari tanlagan bank kartasi yoki elektron hamyonga olishi mumkin. Tizimning dastlabki versiyasi xususiy sektor tashkilotlari va ularning xodimlari uchun mo‘ljallangan.


Xodim buxgalteriyaga rekvizitlarni taqdim etadi

Xodim o‘zi tanlagan karta yoki elektron hamyon rekvizitlarini ish beruvchining buxgalteriyasiga beradi. Kartani yoki hamyonni keyinchalik almashtirish uchun buxgalteriyaga yangi rekvizitlarni taqdim etish mumkin.

Xodim o‘z nomiga rasmiylashtirilgan mavjud karta yoki elektron hamyondan foydalanishi mumkin. «Mablag‘larni taqsimlash markazi» tizimida alohida ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi.

Ish beruvchi to‘lovlarni yagona reyestr orqali yuboradi

Tashkilot xodimlar turli banklarni tanlagan taqdirda ham barcha to‘lovlarni bitta reyestrga kiritib, o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka yuboradi. Bank reyestrni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab, Markaz tizimiga uzatadi. Tizim ma’lumotlarni tekshirib, to‘lovlarni tegishli banklarga yo‘naltiradi. Xato aniqlansa, reyestr tuzatish uchun qaytariladi.

Tizim Prezidentning 2025-yil 27-noyabrdagi PQ–359-son qarori doirasida joriy etilmoqda.

Markaziy bank xabari · PQ–359-son qaror, Lex.uz

Chat