салом мендаги масала қуйидагича хали 4 га кирмаган болани онаси кўп қаватли уйнинг 5 қаватида қаровсиз йиғлаб турган холида уйда ёлғиз устидан қулфланган холда қолдириб кетган натижада ташқарига чиқишга уринган бола 5 қават хонодон деразасидан пастга тушиб кетиб олган тан жарохатлари натижасида касалхонада вафот этган савол унга қараши лозим бўлган ва уни уйда қаровсиз қолдирган онага нисбаттан қандай чора қўлланилади жавоб учун олдиндан рахмат.
Assalomu alaykum! Men Gijduvon tumani uchun restoran/kafe buyurtma ilovasi (mobil ilova + veb-panellar) ustida ishlayapman. Loyiha hozircha ishlab chiqish bosqichida, lekin yaqin orada ishga tushirish rejalashtirilgan. Quyidagi mavzular bo’yicha yuridik maslahat olmoqchi edim: 1. Restoran/kafe egalari bilan tuziladigan ommaviy oferta shartnomasi - qanday shartlar bo’lishi va qanday rasmiylashtirilishi kerak 2. Ilova to’lovga (mijoz-restoran o’rtasidagi pul aylanmasiga) aralashmasligi holatida yuridik javobgarlik chegaralari 3. Mijozlarning shaxsiy ma’lumotlarini (telefon raqam, manzil) saqlash va ishlatish bo’yicha talablar 4. ЯТТ hujjati bo’lmagan tadbirkorlar bilan ishlash bo’yicha tavsiyalar 5. Obuna asosidagi xizmat ko’rsatish (SaaS) uchun soliq va yuridik rasmiylashtirish