ID-karta O‘zbekiston hududida uning egasining shaxsini va O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir.
Uning elektron chipiga shaxsning biografik va biometrik ma’lumotlari kiritiladi.
ID-karta — shaxsni va O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlovchi elektron chipli hujjat.
Ma’lumotlarni yig‘ish punkti — ichki ishlar organining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi yoki Davlat xizmatlari markazi.
Biometrik ma’lumotlar — shaxsning raqamli surati, barmoq izlari va uni aniqlash imkonini beruvchi boshqa ma’lumotlar.
ID-karta quyidagi hollarda beriladi yoki almashtiriladi:
ID-karta:
Bolaga 16 yoshgacha ID-karta olish majburiy emas. U ota-ona yoki vasiyning xohishiga ko‘ra rasmiylashtiriladi.
Fuqaro ID-kartani olish yoki almashtirish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan:
YaIDXP orqali elektron navbat olish va to‘lovni onlayn amalga oshirish imkoniyati ham mavjud.
Quyidagilar taqdim etiladi:
Shaxsiy ma’lumotlar o‘zgargan yoki hujjatda xato aniqlangan bo‘lsa, bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etiladi.
Hujjatlar to‘liq qabul qilingach, ID-karta 1 ish kuni ichida beriladi.
ID-karta yo‘qolganda ham yangi karta yo‘qolganlik haqidagi ariza kelib tushganidan keyin 1 ish kuni ichida rasmiylashtiriladi.
Fuqaro:
bir oy ichida yangi ID-karta olish uchun murojaat qilishi kerak.
O‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sog‘lig‘i tufayli mustaqil harakatlana olmaydigan va nogironligi bo‘lgan shaxslar shaxsan yoki qonuniy vakili orqali murojaat qilishi mumkin.
Mas’ul xodim 15 kun ichida ularning yashash manziliga borib, ID-kartani rasmiylashtiradi va beradi. Buning uchun qo‘shimcha haq undirilmaydi.
2011-yil namunasidagi amaldagi biometrik pasportlar 2030-yil 31 dekabrgacha amal qiladi.
Ular 2031-yil 1 yanvardan haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Muhim: ID-karta O‘zbekiston hududida shaxsni tasdiqlaydi. Xorijga chiqish uchun alohida biometrik xorijga chiqish pasporti talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22 sentyabrdagi PF-6065-son Farmoni