Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 16522 marta o'qildi

Harakatlanish hujjati nima?

Harakatlanish hujjati — O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning:

  • xorijda shaxsini tasdiqlovchi;
  • O‘zbekistondan chiqishi;
  • xorijdan O‘zbekistonga qaytishi uchun xizmat qiluvchi biometrik hujjat.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs — biror davlat fuqaroligiga mansubligini tasdiqlovchi dalilga ega bo‘lmagan shaxs.

Harakatlanish hujjati — fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijiy safarlari uchun beriladigan biometrik hujjat.

Biometrik ma’lumotlar — shaxsni aniqlashga xizmat qiluvchi raqamli surat, barmoq izlari va boshqa ma’lumotlar.

Qaerga murojaat qilinadi?

Shaxs harakatlanish hujjatini olish uchun yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan hududdagi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga murojaat qiladi.

Voyaga etmagan shaxs nomidan uning ota-onasi, vasiysi yoki homiysi murojaat qiladi.

Qanday hujjatlar kerak?

Qoida tariqasida:

  • belgilangan shakldagi ariza-anketa;
  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning ID-kartasi;
  • birinchi marta rasmiylashtirishda tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma;
  • avval berilgan harakatlanish hujjati;
  • shaxsiy ma’lumotlar o‘zgargan bo‘lsa, tasdiqlovchi hujjat;
  • davlat boji to‘langanligi haqidagi ma’lumot taqdim etiladi.

Qancha muddatga beriladi?

Harakatlanish hujjati:

  • bir yoshga to‘lmagan bolaga — 2 yilga;
  • boshqa fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — 5 yilga beriladi.

Agar ID-kartaning amal qilish muddati bundan oldin tugasa, harakatlanish hujjati ham ID-karta muddatidan oshmagan davrga beriladi.

Qachon almashtiriladi?

Hujjat:

  • amal qilish muddati tugaganda;
  • familiya, ism, tug‘ilgan sana yoki boshqa ma’lumotlar o‘zgarganda;
  • sahifalari tugaganda;
  • yaroqsiz holga kelganda;
  • yo‘qolganda almashtiriladi.

Amal qilish muddati tugagan hujjat ma’lumotlarni yig‘ish punktiga topshirilishi lozim.

Hujjat yo‘qolsa

Harakatlanish hujjati O‘zbekistonda yo‘qolsa, ichki ishlar organiga zudlik bilan xabar berish kerak.

Xorijda yo‘qolsa, O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga murojaat qilinadi.

Muhim: harakatlanish hujjati O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlamaydi. U faqat fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijdagi shaxsini va safar qilish huquqini tasdiqlaydi.

Chat