O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar zarur hujjatlarni olish uchun:
Hujjatni so‘rab olish — O‘zbekistondagi vakolatli organ yoki arxivdan hujjat yoxud uning dublikatini rasmiy tartibda talab qilish.
Dublikat — yo‘qolgan yoki yaroqsiz bo‘lgan hujjat o‘rniga beriladigan takroriy rasmiy hujjat.
Arxiv ma’lumotnomasi — arxivda saqlanayotgan ma’lumotlar asosida beriladigan tasdiqlovchi hujjat.
Konsullik orqali murojaat qilishda Tashqi ishlar vazirligining interaktiv konsullik xizmatida elektron so‘rovnoma to‘ldiriladi.
So‘rovnomaga:
Konsullik yig‘imi va hujjatni izlash, rasmiylashtirish hamda yuborish bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlar to‘lanadi.
Hujjat O‘zbekistondan kelib tushgach, ariza beruvchiga xabar beriladi.
Uning xohishiga ko‘ra hujjat:
Quyidagi hujjatlarning asl nusxalari chet elga yuborilmaydi:
Nikoh bekor qilingan bo‘lsa, nikoh tuzilganligi haqida takroriy guvohnoma berilmaydi. Vafot etgan shaxs nomiga tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnoma ham so‘rab olinmaydi.
Voyaga etmagan bolaning tug‘ilganlik guvohnomasini uning qonuniy vakili so‘raydi. O‘lim haqidagi guvohnomani marhumning qarindoshlari yoki rasmiy maqsadda yuridik shaxs talab qilishi mumkin.
Muhim: diplom, attestat va boshqa ta’lim hujjatlarining dublikatini olish uchun tegishli ta’lim tashkilotiga bevosita murojaat qilish tezroq natija berishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavi
Hujjatlarni so‘rab olish bo‘yicha interaktiv konsullik xizmati