
18 yoshga to‘lgan, muomala layoqatiga ega chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan vatandosh quyidagi shartlarda O‘zbekiston fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilinishi mumkin:
Yuqori ilmiy, texnik, madaniy yoki sport yutuqlariga ega yoxud mamlakat manfaatlariga mos kasb va malakaga ega vatandoshga qarindoshlik sharti qo‘llanilmasligi mumkin.
Asosiy hujjatlar:
Bola ham iltimosnomaga kiritilsa, uning hujjatlari taqdim etiladi. 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolaning yozma roziligi talab qilinadi.
Ushbu shart:
O‘zbekistonda doimiy yashovchi shaxs hujjatlarni yashash joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda yashovchi shaxs esa O‘zbekistonning konsullik muassasasiga taqdim etadi.
Materiallar Prezident huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, Prezidentga taklif kiritiladi.
Muhim: ijobiy qaror qabul qilinsa, ariza beruvchiga chet davlat fuqaroligidan chiqish uchun 1 yil amal qiladigan kafolat xati beriladi. Uning muddati yana 1 yilga uzaytirilishi mumkin.
Chet davlat fuqaroligidan chiqqanlik haqidagi hujjat taqdim etilgandan keyin O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish Prezident farmoni bilan rasmiylashtiriladi.
«O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonun
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-martdagi PF-6185-son Farmoni