Prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv organlari tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlardan xorijda foydalanish uchun ularga apostilь qo‘yilishi mumkin.
Bunday hujjatlarga, jumladan, qaror, ajrim, xulosa va boshqa rasmiy hujjatlar kiradi.
Apostilь — rasmiy hujjatdagi imzo, uni imzolagan shaxsning vakolati hamda muhr yoki shtamp haqiqiyligini tasdiqlovchi maxsus shtamp.
Vakolatli organ — muayyan turdagi rasmiy hujjatlarga apostilь qo‘yish huquqiga ega davlat organi.
Tergovga qadar tekshiruv — jinoyat haqidagi ma’lumot bo‘yicha protsessual qaror qabul qilishdan oldin o‘tkaziladigan tekshiruv.
Prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostilь O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan qo‘yiladi.
Apostilь hujjatdagi ma’lumotlarning mazmunan to‘g‘riligini emas, balki:
Murojaat:
So‘rovnomada hujjatning turi, raqami va sanasi, hujjat taqdim etiladigan davlat hamda apostilь tili ko‘rsatiladi.
Hujjatlar:
Xizmat uchun BHMning 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
YaIDXP orqali murojaat qilinganda belgilangan yig‘imning 90 foizi to‘lanadi.
Quyidagi hollarda apostilь qo‘yish rad etiladi:
Rad etish sababi bartaraf etilgandan keyin hujjatni 30 kalendarь kun ichida qayta taqdim etish mumkin. Takroriy ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.
Muhim: hujjat taqdim etiladigan davlat bilan apostilь tartibi amal qilishini oldindan tekshirish lozim. Xalqaro shartnomaga ko‘ra ayrim hujjatlar apostilsiz ham qabul qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3 dekabrdagi 732-son qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-iyuldagi PQ-1566-son qarori