Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 22585 marta o'qildi

NNTlar normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok eta oladimi?

Ha. Davlat organlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga fuqarolik jamiyati institutlarini ularning roziligi bilan jalb qilishi mumkin.

Bunda davlat organlari manfaatdor fuqarolik jamiyati institutlaridan tegishli dasturlar va normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha takliflar to‘playdi.

NNTlar qanday tartibda jalb etiladi?

Dasturlar va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish:

  • davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar;
  • komissiyalar;
  • jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatiga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilish orqali amalga oshirilishi mumkin.

NNT qanday takliflar kiritishi mumkin?

Fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan tashabbuslar va takliflar kiritish, loyihalar muhokamasida ishtirok etish hamda davlat organlari bilan qo‘shma tadbir va loyihalarni amalga oshirish huquqiga ega. Davlat organlari ular tomonidan kiritilgan tashabbus va takliflarni ko‘rib chiqishi kerak.

Chat