Jismoniy shaxslar shaxsiy va oilaviy ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan, tadbirkorlik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tovarlarni O‘zbekistonga belgilangan normalar doirasida bojsiz olib kirishi mumkin.
Amalda quyidagi qiymat normalari belgilangan:
Xalqaro kurьerlik jo‘natmalari uchun belgilangan 200 AQSh dollarilik norma bir kalendarь oy davomida qo‘llaniladi.
Temir yo‘l, daryo transporti yoki avtomobilь o‘tkazish punkti orqali O‘zbekistonga kirayotgan shaxs xorijda 2 kalendarь kundan kam, havo transporti orqali kirayotgan shaxs esa 3 kalendarь kundan kam bo‘lgan taqdirda bojsiz olib kirish normasi qo‘llanilmaydi.
Shuningdek, shaxs bir kalendarь oy davomida xorijiy davlatda 3 va undan ortiq marta bo‘lgan taqdirda ham ushbu norma qo‘llanilmaydi. Bunday hollarda tovarning to‘liq qiymatidan yagona bojxona to‘lovi undiriladi.
Bojsiz olib kirishning umumiy qiymat normasidan tashqari ayrim tovarlar uchun alohida miqdoriy cheklovlar ham mavjud:
Alkogolь va tamaki mahsulotlarini 21 yoshga to‘lmagan shaxslar tomonidan, shuningdek ularni xalqaro pochta va kurьerlik jo‘natmalari orqali olib kirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar notijorat maqsadida olib kirilayotgan tovarning qiymati yoki belgilangan miqdori bojsiz normadan oshsa, umumiy qoida bo‘yicha normadan ortiq qismiga nisbatan yagona bojxona to‘lovi undiriladi.
Alkogolь va tamaki mahsulotlari belgilangan miqdordan ortiq bo‘lsa, ularga yagona bojxona to‘lovi ikki baravar miqdorda, parfyumeriya va biologik faol qo‘shimchalar belgilangan miqdordan ortiq bo‘lsa esa bir baravar miqdorda undiriladi.
Bojxona organi tovarning maqsadini aniqlashda uning miqdori, xususiyati, olib o‘tilishining takroriyligi va safar holatlarini, shuningdek tovar shaxs va uning oila a’zolarining shaxsiy ehtiyojlari uchun mo‘ljallanganligini hisobga oladi.
Agar tovar ishlab chiqarish, tadbirkorlik yoki boshqa tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan deb topilsa, unga bojsiz olib kirish normalari emas, umumiy bojxona rasmiylashtiruvi qoidalari qo‘llaniladi.
Eslatma: bojsiz olib kirish normasining o‘zi tovarni avtomatik ravishda notijorat tovar deb hisoblash uchun asos bo‘lmaydi. Bojxona organi tovarning miqdori, xususiyati, takroriy olib kirilishi va safar holatlarini ham baholaydi.