Markazlar mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish hamda salomatligini mustahkamlash maqsadida tashkil etiladi va yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Markaz binolari tadbirkorlik sub’ektlariga tikuvchilik, qandolatchilik, pazandachilik, fitnes, sheyping, kasbga o‘qitish va boshqa tegishli faoliyatni tashkil etish uchun 5 yil muddatga ijaraga berilishi mumkin.
Bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minlash uchun har bir ish bilan ta’minlanadigan ishsiz xotin-qiz hisobiga tadbirkorlik sub’ektiga 3 mln so‘mgacha davlat granti ajratiladi.
Grant mablag‘lari, asosan, markazda tikuvchilik, qandolatchilik, pazandachilik, hunarmandchilik va boshqa ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish faoliyati uchun zarur dastgoh, uskuna va jihozlarni sotib olishga yo‘naltiriladi.
Grant, jumladan:
Tadbirkorlik sub’ekti mahalla fuqarolar yig‘ini orqali:
Mahalla hujjatlarni 3 kun ichida, tuman (shahar) ishchi guruhi 5 kun ichida, hududiy mas’ullar esa 2 kun ichida keyingi bosqichga taqdim etadi. Loyihalar grant komissiyasi tomonidan har chorakda ko‘rib chiqiladi; grant ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingach, mablag‘lar tadbirkorlik sub’ekti hisobvarag‘iga 15 ish kuni ichida o‘tkaziladi.