
Davlat fuqarolik xizmatchisi:
O‘zbekiston hududida xalqaro yoki boshqa rasmiy tadbir bilan bog‘liq bo‘lmagan oddiy xizmat safari vaqtida sovg‘a olish taqiqlanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi qabul qiladigan sovg‘a:
Ushbu talablarga javob bermaydigan sovg‘a qabul qilinmasligi lozim.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy yoki yuridik shaxs manfaati uchun bajarishi yoki bajarmasligi evaziga:
Davlat fuqarolik xizmatchisi o‘zi yoki boshqa shaxslar uchun sovg‘a berishni so‘rashi yoki talab qilishi ham mumkin emas.
Xalqaro yoki boshqa rasmiy tadbir munosabati bilan davlat fuqarolik xizmatchisining oila a’zosiga berilgan sovg‘a davlat fuqarolik xizmatchisining o‘ziga berilgan sovg‘a hisoblanadi.
Bunday sovg‘aga nisbatan ham uni topshirish, baholash va tasarruf etishning umumiy qoidalari qo‘llaniladi.
Xalqaro yoki boshqa rasmiy tadbir munosabati bilan olingan sovg‘a tadbirdan qaytgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida davlat organining xo‘jalik ishlari bo‘yicha mas’ul bo‘linmasiga topshiriladi.
Sovg‘a bilan birga uning qiymatini tasdiqlovchi chek, kvitantsiya yoki boshqa hujjat mavjud bo‘lsa, ushbu hujjat ham taqdim etiladi.
Sovg‘a topshirilganda:
Sovg‘a topshirilgunga qadar uning butligi va saqlanishi uchun davlat fuqarolik xizmatchisi javobgar bo‘ladi.
Sovg‘aning qiymatini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lmasa, uning bozor qiymati mas’ul bo‘linma tomonidan:
O‘rganish natijalari bo‘yicha sovg‘aning o‘rtacha bozor qiymati belgilanadi va bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Agar sovg‘aning qiymati BHMning 4 baravariga teng yoki undan kam bo‘lsa, u davlat fuqarolik xizmatchisiga qaytarib beriladi. Xizmatchi sovg‘ani o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etishi mumkin.
Agar sovg‘aning qiymati BHMning 4 baravaridan ortiq bo‘lsa, u davlat organining balansiga kirim qilinadi va davlat organi ehtiyojlari uchun foydalaniladi.
Quyidagilar sovg‘a sifatida rasmiylashtirilmaydi va davlat fuqarolik xizmatchisida qoldiriladi:
Davlat fuqarolik xizmatchisi xalqaro yoki boshqa rasmiy tadbir munosabati bilan mehmondo‘stlik belgisi sifatida bildirilgan:
qabul qilishi mumkin.
Agar taklifning beg‘arazligiga yoki uni qabul qilish qonuniyligiga shubha tug‘ilsa, xizmatchi taklifni darhol rad etishi va bu haqda davlat organining korruptsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasini xabardor qilishi lozim.
Sovg‘alarni qabul qilish, topshirish, baholash va tasarruf etish bo‘yicha ushbu talablar barcha davlat fuqarolik xizmatchilari uchun majburiy.
Mazkur talablarni buzgan shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.