Davlat xizmatidan:
1992-yil 1 yanvargacha berilgan fan doktori va fan nomzodi diplomlari hamda professor, dotsent va katta ilmiy xodim attestatlariga nisbatan Reglamentda maxsus qoidalar belgilangan.
Talabgor:
Hujjatlarni tan olish bo‘yicha vakolatli organ — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi.
So‘rovnomaga:
PhD yoki unga tenglashtirilgan xorijiy ilmiy daraja hujjati uchun qonunchilikda nazarda tutilgan holda davlat tiliga notarial tartibda tasdiqlangan tarjima taqdim etiladi. Reglamentda ko‘rsatilmagan boshqa ma’lumot yoki hujjatlarni talab qilish taqiqlangan.
Ayrim hollarda xorijda olingan ilmiy daraja hujjati ilmiy ekspertizasiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi. Jumladan:
To‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olish masalasi vakolatli organda 1 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va keyin Rayosatning navbatdagi majlisida qaror qabul qilinadi. Ilmiy ekspertiza talab qilinsa, ekspert kengashi xulosasi 20 kun ichida tayyorlanadi.
Umumiy tartibda davlat xizmati uchun 1 BHM yig‘im undiriladi.
Bunda:
Hujjat to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadigan holatlarda yig‘im undirilmaydi.
Talabgor hujjatni tan olish bo‘yicha qarordan norozi bo‘lsa, qaror qabul qilingan kundan boshlab 2 oy ichida:
Ma’muriy apellyatsiya 1 oy ichida ko‘rib chiqiladi.
Eslatma: 2000-yilgi eski nostrifikatsiya tartibi bo‘yicha ish beruvchining xati, mehnat daftarchasidan ko‘chirma va boshqa ko‘p sonli hujjatlarni talab qilish amaldagi yangi Reglamentga mos emas. Yangi tartibda Reglamentda ko‘rsatilmagan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlangan.