Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11402 marta o'qildi

Qaerga murojaat qilinadi?

Bemor dastlab o‘zi biriktirilgan:

  • oilaviy shifokor punktiga;
  • oilaviy poliklinikaga;
  • yoki tegishli idoraviy tibbiyot muassasasiga murojaat qiladi.

Oilaviy shifokor bemorni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, zarur bo‘lganda 1 ish kuni ichida tuman yoki shahar darajasidagi tor soha mutaxassisiga yo‘naltiradi.

Tor soha mutaxassisi ko‘rigi

Tor soha mutaxassisi bemorni 1 ish kuni ichida ko‘rikdan o‘tkazadi va zarur hollarda qo‘shimcha tekshiruvlar tayinlaydi.

Agar statsionarda davolanishga ehtiyoj bo‘lmasa, bemorga ambulatoriya sharoitida davolanish bo‘yicha tavsiya beriladi va u oilaviy shifokorga qayta yo‘naltiriladi.

Shifoxonaga yo‘llanma berish

Rejali statsionar davolanishga tibbiy ko‘rsatma mavjud bo‘lsa, tor soha mutaxassisi yoki oilaviy shifokor elektron axborot tizimi orqali yo‘llanma shakllantiradi.

Yo‘llanmada:

  • bemorning ma’lumotlari;
  • tashxisi;
  • davolanish yo‘nalishi;
  • tanlangan tibbiyot tashkiloti;
  • QR-kod ko‘rsatiladi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda bemor tegishli tibbiyot tashkilotini belgilangan tartibda tanlashi mumkin.

Imtiyozli bemorlarni yo‘naltirish

Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlar hududiy va respublika darajasidagi tibbiyot tashkilotlariga elektron axborot tizimi orqali yo‘naltiriladi.

Bemorning statsionar davolanishi zarurligi tibbiy-tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Komissiya yo‘llanmani tasdiqlaydi va davolanishning taxminiy sanasi haqida ma’lumot beradi.

Tibbiy yordam qachon bepul ko‘rsatiladi?

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam belgilangan tartibda berilgan elektron yo‘llanma asosida ko‘rsatiladi.

Tuman yoki shahar darajasida tibbiy yordam qonunchilikda belgilangan aholi toifalariga, hududiy va respublika darajasida esa asosan imtiyozli bemorlarga ko‘rsatiladi.

Yo‘llanmasiz murojaat qilinsa

Bemor tegishli yo‘llanmasiz tibbiyot tashkilotiga bevosita murojaat qilsa, tibbiy yordam pulli asosda ko‘rsatiladi.

Shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam talab etiladigan hollar bundan mustasno.

Chat