Ambulatoriyada davolanish vaqtida quyidagi shaxslar dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega:
Imtiyozli dori vositalari bemor ambulatoriya tartibida davolanayotgan davlat ambulatoriya-poliklinika muassasasida davolovchi vrachning tayinlovi bo‘yicha bepul beriladi.
Dori vositalari:
Talab etiladigan dori vositasi tibbiyot muassasasida mavjud bo‘lmasa, davolovchi vrach uni dorixonadan imtiyozli olish uchun retsept yozadi.
Bemor, uning ota-onasi, o‘rnini bosuvchi shaxs yoki qarindoshi retsept olish uchun bemor hisobda turgan yoki tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun biriktirilgan ambulatoriya-poliklinika muassasasiga murojaat qiladi.
Murojaat qilishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi.
Retsept:
Dori vositalari mas’ul shaxs tomonidan maxsus jurnalga imzo qo‘ydirilgan holda bemorga beriladi.
Voyaga etmagan bemorlarga mo‘ljallangan dori vositalari ularning ota-onasi yoki o‘rnini bosuvchi shaxslarga beriladi. Ayrim hollarda voyaga etgan bemorning sog‘lig‘iga qarab, dori vositalari uning qarindoshlariga ham berilishi mumkin.
Dorixonada retseptda savdo nomi bilan ko‘rsatilgan dori vositasi mavjud bo‘lmasa, uni boshqa savdo nomidagi, ta’sir etuvchi moddasi bir xil bo‘lgan dori vositasiga almashtirish mumkin.
Bunday almashtirish:
Dorixona xodimi retseptning orqa tomoniga dori mavjud emasligi haqida belgi qo‘yadi va retseptni bemorga qaytaradi.
Agar dorining retseptda ko‘rsatilgan to‘liq miqdori mavjud bo‘lmasa, bemorga mavjud miqdordagi dori beriladi va bu haqda retseptda belgi qo‘yiladi.
Imtiyoz faqat ambulatoriyada davolanishda imtiyozli ta’minlash uchun tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan dori vositalariga tatbiq etiladi.
Dorixonadan beriladigan dori vositasining miqdori va dozasi retseptda ko‘rsatilgan miqdor va dozaga muvofiq bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22 iyuldagi 204-son qarori
Ambulatoriyada davolanishda imtiyozli ta’minlash uchun mo‘ljallangan dori vositalari ro‘yxati