Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 22782 marta o'qildi

Kimlar saralashda qatnashishi mumkin

Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha xizmat uchun saralashda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional yoki oliy ma’lumotli:

18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;

— avval kontrakt bo‘yicha xizmat qilgan 40 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;

— rezervdagi va zaxiradagi 40 yoshgacha ofitserlar ishtirok etishi mumkin.

Erkak nomzod muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoki o‘tayotgan, safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmat qilgan yoxud OTM harbiy tayyorgarlik bo‘linmasini tamomlagan va harbiy ro‘yxatda turgan bo‘lishi kerak.

Qaerga ariza beriladi

Nomzod yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmaga ariza bilan murojaat qiladi.

Agar fuqaro turgan joyida:

— ta’lim olayotgan;

— yoki rasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, shu hududdagi mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmaga ham murojaat qilishi mumkin.

Saralash qachon o‘tkaziladi

Saralash tadbirlari mavjud birlamchi bo‘sh harbiy lavozimlardan kelib chiqib har yili kamida ikki marta o‘tkaziladi.

Bo‘sh lavozimlar, talablar, qabul kunlari, joyi va zarur hujjatlar haqidagi ma’lumotlar saralashdan oldin Mudofaa vazirligining rasmiy axborot resurslarida e’lon qilinadi.

Saralash bosqichlari

Nomzod quyidagi bosqichlardan o‘tadi:

  1. dastlabki o‘rganish — hujjatlarni o‘rganish va suhbat;
  2. jismoniy tayyorgarlikni baholash;
  3. psixologik o‘rganish;
  4. tibbiy ko‘rik;
  5. tegishli hollarda muvofiqlashtirish yoki davlat sirlaridan foydalanish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish.

Jismoniy va psixologik sinov qayta topshiriladimi

Ha.

Jismoniy tayyorgarlikdan qoniqarsiz natija olgan nomzod sinovni baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2-marta qayta topshirishi mumkin. Shu kunning o‘zida qayta topshirish mumkin emas.

Psixologik test uchun ham xuddi shunday — 1 yilda 2-marta qayta topshirish imkoniyati mavjud.

Eslatma: kontrakt bo‘yicha xizmatga qonunchilikdagi umumiy talablarga javob berishning o‘zi etarli emas. Nomzod mavjud bo‘sh lavozim va harbiy-kasbiy saralash natijalari asosida qabul qilinadi.

Chat