Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bepul davolanish huquqi qonunchilikda belgilangan imtiyozli toifadagi shaxslarga beriladi.
Order, asosan, boshqa tibbiyot muassasalarida ko‘rsatish imkoniyati bo‘lmagan ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali va qimmat turadigan tibbiy yordam olish uchun ajratiladi.
Imtiyozli toifaga kirish shaxsga avtomatik ravishda bepul davolanish huquqini bermaydi. Buning uchun tibbiy ko‘rsatma va vrach-tanlash komissiyasining xulosasi bo‘lishi kerak.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan har chorakda tibbiyot markazlarining o‘rinlar fondi, o‘rinlarning aylanishi va poliklinikalarning bemor qabul qilish quvvatidan kelib chiqib quyidagi miqdorlarda kvotalar belgilanadi:
Kvotalar hududlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqaruv organlarining buyurtmanomalari asosida taqsimlanadi.
Bepul davolanish uchun order quyidagi organlar huzuridagi vrach-tanlash komissiyasining xulosasi asosida beriladi:
Vrach-tanlash komissiyasi order berish masalasini tegishli tibbiy hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda ko‘rib chiqadi.
Jumladan, bemorning respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazida davolanishi maqsadga muvofiqligi haqida hududiy davolash-profilaktika muassasasining xulosasi talab qilinadi.
Mazkur xulosa birlamchi tibbiy yordam muassasasining yo‘llanmasi asosida rasmiylashtiriladi.
Bepul davolanish faqat belgilangan kvota doirasida, imtiyozli toifaga kiruvchi shaxsga va tegishli tartibda berilgan order asosida amalga oshiriladi.
Ordersiz murojaat qilinganda yoki shaxs imtiyozli toifaga kirmaganda tibbiy xizmatlar, qoida tariqasida, pulli asosda ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-son qarori