Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi quyidagi hollarda ID-kartaga almashtiriladi:
Yashash guvohnomasi — chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekistonda doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat.
ID-karta — shaxsga oid biografik va biometrik ma’lumotlarni saqlovchi elektron chipli hujjat.
Ma’lumotlarni yig‘ish punkti — ID-kartani rasmiylashtiruvchi ichki ishlar organining migratsiya bo‘linmasi yoki Davlat xizmatlari markazi.
Yashash guvohnomasining muddati tugagan yoki familiya, ism, ota ismi, tug‘ilgan yil yoxud millat o‘zgargan bo‘lsa, uni bir oy ichida ID-kartaga almashtirish lozim.
Yashash guvohnomasi yo‘qolganda bu haqda hujjat yo‘qolgan joydagi ichki ishlar organiga darhol xabar berish kerak.
Ma’lumotlarni yig‘ish punktiga, qoida tariqasida:
Yangi ID-karta berilganda avvalgi yashash guvohnomasi yoki ID-karta yo‘q qilish uchun olib qolinadi.
Eski namunadagi yashash guvohnomasi:
doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Muhim: yashash guvohnomasi muddati hali tugamagan bo‘lsa ham, uni belgilangan tartibda ID-kartaga almashtirish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22 sentyabrdagi PF-6065-son Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmoni