
Qisqa atamalar:
Vatandosh — kelib chiqishi O‘zbekistondan bo‘lgan, xorijda yashovchi shaxs.
VTD vizasi — vatandosh va uning oila a’zolariga beriladigan ko‘p martalik viza.
Turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish — vaqtincha yashash manzilini rasmiy qayd etish.
Yashash guvohnomasi — O‘zbekistonda doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Vatandosh O‘zbekiston qonunchiligiga va mamlakatda bo‘lish qoidalariga rioya qilishi shart.
Yashash manzili o‘zgarsa, 3 ish kunidan kechikmay yangi manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishni rasmiylashtirish uchun migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga murojaat qilinadi.
Mehmonxona, sanatoriy yoki davolash muassasasiga joylashganda ro‘yxatdan o‘tkazishni ushbu muassasa amalga oshiradi.
Vatandosh qonunchilikda belgilangan tartibda:
Mehnat faoliyati uchun qonunchilikda talab etilgan tegishli tasdiqnoma yoki ruxsat hujjati olinishi lozim.
Mehnat qilish huquqini beruvchi hujjat yoki ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma muddati uzaytirilsa, vatandoshning vizasi ham uzaytirilishi mumkin.
Bunda VTD vizasining turi o‘zgartirilmaydi.
Agar vatandoshning mamlakatda qolishi uchun boshqa qonuniy asos mavjud bo‘lmasa, u:
tugaguniga qadar O‘zbekistondan chiqib ketishi shart.
Muhim: yashash guvohnomasi rasmiylashtirilganda yoki O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinganda VTD vizasi va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish bekor qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 326-son qarori