Tijorat siri — uchinchi shaxslarga noma’lum bo‘lgani sababli fan-texnika, texnologiya, ishlab chiqarish, moliya-iqtisodiyot yoki boshqa sohalarda tijorat qiymatiga ega, qonuniy asosda erkin foydalanish mumkin bo‘lmagan va mulkdori uning maxfiyligini muhofaza qilish choralarini ko‘rayotgan axborotdir.
Axborot tijorat siri sifatida muhofaza qilinishi uchun, jumladan:
Yo‘q. Tijorat siriga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki guvohnoma olish orqali emas, mulkdor axborotga nisbatan tijorat siri rejimini o‘rnatgan paytdan vujudga keladi.
Shu sababli korxonada muayyan ma’lumotni «maxfiy» deb atashning o‘zi etarli emas. Qonunda belgilangan tashkiliy va huquqiy choralar amalda joriy qilinishi lozim.
Muhofaza choralari kamida:
Fuqarolik-huquqiy shartnomalarga maxfiylikka oid shartlarni kiritish ham tijorat siri rejimini o‘rnatishning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi.
Ish beruvchi tijorat siri bilan ishlaydigan xodimni:
Xodim ish beruvchining roziligisiz tijorat sirini oshkor qilmasligi va undan shaxsiy maqsadda foydalanmasligi shart.
Mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomada taraflarning tijorat sirini muhofaza qilish majburiyatlari hamda shartnoma tugagandan keyin sobiq xodim axborotni oshkor qilmasligi shart bo‘lgan muddat ham belgilanishi kerak.
Tijorat sirini qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritgan, foydalangan yoki oshkor qilgan shaxsga nisbatan:
Huquqiy himoyada korxonada tijorat siri rejimi haqiqatan o‘rnatilganini tasdiqlaydigan ichki hujjatlar, maxfiylik shartlari, xodimlarni tanishtirish hujjatlari va axborotga kirish qaydlari muhim ahamiyatga ega.
Eslatma: har qanday ichki ma’lumot avtomatik ravishda tijorat siriga aylanmaydi. Uni samarali himoya qilish uchun korxona qonunda belgilangan tijorat siri rejimini amalda o‘rnatishi kerak.