Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6316 marta o'qildi

Kimlar uy-joy olish huquqiga ega?

O‘ziga biriktirilgan uy-joyi bo‘lmagan va turar joyga muhtojlar hisobida turgan etim bola yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola davlat tomonidan uy-joy bilan ta’minlanadi.

Etim bola — ota-onasining har ikkisi vafot etgan yoki sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilingan bola.

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bola — qonunda belgilangan sabablarga ko‘ra ota-ona tarbiyasi va himoyasisiz qolgan bola.

Uy-joy qanday beriladi?

Shaxs 18 yoshga to‘lgach, qonunchilikda belgilangan tartibda:

  • ko‘p kvartirali uydan kvartira;
  • yoki belgilangan qiymat doirasida yakka tartibdagi uy-joy bilan ta’minlanishi mumkin.

Uy-joy, qoida tariqasida, bola ishlayotgan yoki ta’lim olayotgan hududdan ajratiladi.

2026-yil 1 yanvardan uy-joyga muhtojlar hisobida turgan shaxslarga ular ishlayotgan yoki ta’lim olayotgan hududda ijaraga olingan uy-joy uchun ijara to‘lovlarini qoplash tartibi ham joriy etilgan.

Biriktirilgan uy-joy bo‘lsa

Bolaga avvaldan biriktirilgan uy-joy mavjud bo‘lsa, u ta’lim yoki tarbiya muassasasida, muqobil joylashtirish shaklida, harbiy xizmatda yoki jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan davrda ham mazkur uy-joyga bo‘lgan huquqini saqlab qoladi.

Muhim: bolani yotoqxona bilan ta’minlash doimiy uy-joy berish majburiyati bajarilganini anglatmaydi.

Chat