Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9495 marta o'qildi

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi - rasmiy xabarlar, tezkor yangiliklar,  tahliliy-tanqidiy materiallar, qonun hujjatlari, foto va videoreportajlar 


Qanday hollarda xodim ishdan bo‘shatilishi mumkin?

Ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish asoslangan bo‘lishi shart.

Quyidagilar ishdan bo‘shatish uchun asos bo‘lishi mumkin:

  • tashkilot yoki uning alohida bo‘linmasi tugatilishi, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini tugatishi;
  • texnologiya, ishlab chiqarish yoki mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar sabab xodimlar soni yoki shtat qisqarishi;
  • xodim malakasi etarli bo‘lmaganligi sababli lavozimi yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi;
  • xodimning mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzishi;
  • mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzishi;
  • Mehnat kodeksi va boshqa qonunlarda belgilangan o‘zga asoslar.

Muntazam buzish nima?

Xodim mehnat majburiyatini buzgani uchun intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilganidan keyin bir yil ichida yana intizomiy nojo‘ya harakat sodir etsa, bu muntazam buzish hisoblanadi.

Bir marta qo‘pol buzish nima?

Ishdan bo‘shatishga asos bo‘ladigan bir marta qo‘pol buzilishlar ro‘yxati:

  • ichki mehnat tartibi qoidalari;
  • mehnat shartnomasi;
  • xodimga nisbatan qo‘llaniladigan intizom ustavi yoki nizomida belgilanadi.

Muhim: ishdan bo‘shatish asosi mavjud bo‘lishining o‘zi etarli emas. Ish beruvchi ogohlantirish, boshqa ish taklif qilish, kasaba uyushmasi roziligini olish va buyruqni rasmiylashtirish kabi qonunda belgilangan tartiblarga ham rioya qilishi shart.

Chat