Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9008 marta o'qildi

Xodimni ishdan bo‘shatishda kompensatsiya to‘lash tartibi o‘zgardi - Review.uz 


Ish beruvchining majburiyati

Ish beruvchi quyidagi to‘lovlarni belgilangan muddatda to‘lashi shart:

  • ish haqi;
  • mehnat ta’tili uchun to‘lov;
  • mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlar;
  • xodimga tegishli boshqa to‘lovlar.

Ish haqi to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi, ichki hujjat yoki mehnat shartnomasida belgilanadi. Ish haqi, qoida tariqasida, har yarim oyda kamida bir marta to‘lanishi kerak.

Kechiktirilganda kompensatsiya

To‘lov kechiktirilsa, ish beruvchi qarzdor summani har bir kechiktirilgan kun uchun pulli kompensatsiya bilan birga to‘laydi.

Kompensatsiya:

  • to‘lov muddatidan keyingi kundan;
  • to‘lov amalda amalga oshirilgan kunni ham qo‘shgan holda hisoblanadi.

Uning miqdori Markaziy bankning tegishli davrda amal qilgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqib aniqlanadi.

Muhim: kompensatsiya ish beruvchining to‘lov kechikishida aybi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar to‘lanadi.

Jamoa shartnomasi, ichki hujjat yoki mehnat shartnomasida kompensatsiyaning qonunda belgilanganidan yuqori miqdori nazarda tutilishi mumkin.

Chat