Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15343 marta o'qildi

Postoyannыy trudovoy arbitraj: opredelenы detali, kak reshayutsya kollektivnыe trudovыe  sporы | NORMA.UZ


Qaysi mehnat nizolari bevosita sudda ko‘riladi?

Quyidagi yakka tartibdagi mehnat nizolari bevosita sudda ko‘rib chiqiladi:

  • ish joyida mehnat nizolari bo‘yicha komissiya tuzilmagan bo‘lsa;
  • ishga tiklash, ishdan bo‘shatish sanasi yoki asosini o‘zgartirish to‘g‘risidagi nizolar;
  • majburiy progul yoki kam haq to‘lanadigan ish vaqti uchun haq undirish;
  • xodimning sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga etkazilgan zararni qoplash;
  • ma’naviy zarar uchun kompensatsiya undirish;
  • ishga qabul qilish rad etilganligi;
  • mehnat sohasida kamsitish;
  • xodim etkazgan moddiy zararni undirish;
  • xodim bilan jismoniy shaxs bo‘lgan ish beruvchi o‘rtasidagi nizolar.

Sudga murojaat qilish muddatlari

  • ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha — ishdan bo‘shatish haqidagi buyruq nusxasi berilgan kundan 3 oy;
  • xodim etkazgan moddiy zararni undirish bo‘yicha — zarar aniqlangan kundan 1 yil;
  • boshqa mehnat nizolari bo‘yicha — huquq buzilgani ma’lum bo‘lgan kundan 6 oy.

Xodimning hayoti va sog‘lig‘iga etkazilgan zararni qoplash hamda ma’naviy zarar uchun kompensatsiya undirish bo‘yicha sudga murojaat qilish muddati belgilanmaydi.

Muhim: nizo mediatsiya tartibida ko‘rib chiqilayotgan vaqtda sudga murojaat qilish muddatining o‘tishi to‘xtatib turiladi.

Xodimning huquqlari

Mehnat shartnomasi qonunga xilof bekor qilingan, xodim boshqa ishga noqonuniy o‘tkazilgan yoki ishdan chetlashtirilgan bo‘lsa, sud uni avvalgi ishiga va mehnat shartlariga tiklashi mumkin.

Xodimlar mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar bilan sudga murojaat qilganda sud xarajatlaridan ozod etiladi.

Chat