Xodim ish beruvchiga etkazgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqiqiy zararni qoplashi shart.
Bunday zararga:
Ish beruvchining olinmay qolgan daromadi — boy berilgan foyda xodimdan undirilmaydi.
Umumiy qoidaga ko‘ra, xodimning moddiy javobgarligi uning o‘rtacha oylik ish haqi doirasida bo‘ladi.
Qonunda belgilangan hollarda xodim etkazilgan zararni to‘liq miqdorda qoplaydi.
Zarar quyidagilar oqibatida yuzaga kelsa, moddiy javobgarlik qo‘llanilmaydi:
Muhim: 18 yoshga to‘lmagan xodim faqat qasddan, mastlik holatida yoki jinoyat yoxud ma’muriy huquqbuzarlik natijasida etkazilgan zarar uchun to‘liq javobgar bo‘ladi.
Ish beruvchi holatni hisobga olib, zararni to‘liq yoki qisman undirishdan voz kechishi mumkin.