Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5196 marta o'qildi

Yuridik xizmat — davlat organi va tashkiloti faoliyatini huquqiy ta’minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan me’yor va mezonlarga muvofiq majburiy tartibda tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy tuzilma yoxud lavozim.

Yuridik xizmat bevosita davlat organi yoki tashkiloti rahbariga bo‘ysunadi. U yuridik departament, yuridik boshqarma, yuridik bo‘lim yoki yuridik byuro shaklida tashkil etilishi mumkin. Shuningdek, yuridik xizmat bitta shtatdan iborat bosh yuriskonsulьt, etakchi yuriskonsulьt, katta yuriskonsulьt yoki yuriskonsulьt lavozimi shaklida ham joriy etilishi mumkin.

Yuridik xizmatning mavjud shtat birliklarini qisqartirish va ularni tashkilotning boshqa tarkibiy tuzilmalariga qayta taqsimlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yuridik xizmatda kim ishlashi mumkin?

Yuridik xizmat xodimi yoki yuriskonsulьt lavozimida:

  • oliy yuridik ma’lumotga ega shaxs;
  • yoki Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kursini tamomlab, belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxs ishlashi mumkin.

Yuridik xizmat boshlig‘i lavozimiga esa yuqoridagi talablardan biriga javob beradigan va yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik ish stajiga ega shaxs tayinlanadi. Yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslar belgilangan tartibda adliya organlarida stajirovkadan o‘tadi.

Chat