Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7563 marta o'qildi

Huquqiy maslahat byurolari qanday yordam beradi?

Adliya vazirligi va «Madad» NNT hamkorligida tuman va shaharlarda huquqiy maslahat byurolarini bosqichma-bosqich tashkil etish belgilangan.

Byurolar aholiga:

  • bepul huquqiy maslahat va tushuntirishlar beradi;
  • nizoni sudgacha hal qilish uchun zarur hujjatlarni tayyorlashda ko‘maklashadi;
  • sudga murojaat qilish uchun zarur bo‘ladigan protsessual hujjatlarni tayyorlashda yordam beradi.

Kimlar murojaat qilishi mumkin?

Byurolar aholiga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatadi.

Bunda amaldagi davlat siyosatida, avvalo:

  • «Temir daftar»;
  • «Ayollar daftari»;
  • «Yoshlar daftari»;
  • Ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolar bepul birlamchi yuridik yordam bilan qamrab olinishiga ustuvor ahamiyat berilgan.

Bu ro‘yxat byuroga boshqa fuqarolarning murojaat qilishini taqiqlovchi yopiq ro‘yxat emas.

Yordam uchun haq to‘lanadimi?

Yo‘q. Huquqiy maslahat byurolari tomonidan ko‘rsatiladigan birlamchi huquqiy maslahat va protsessual hujjat tayyorlashdagi ko‘mak bepul.

Shu jumladan fuqaroga huquqiy vaziyatni tushuntirish, qaysi organga murojaat qilish kerakligini aniqlash, ariza, shikoyat yoki sudga zarur protsessual hujjatni tayyorlashda yordam berish mumkin.

Bu bepul advokat deganimi?

Yo‘q. Bepul birlamchi yuridik yordam bilan davlat hisobidan advokatlik yordami bir xil emas.

Huquqiy maslahat byurosi maslahat va hujjat tayyorlashda ko‘mak beradi. Sudda professional advokat sifatida ishtirok etish kerak bo‘lsa, advokat bilan shartnoma tuzish yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat hisobidan yuridik yordam olish masalasi alohida hal qilinadi. Davlat hisobidan advokat olish huquqiga ega shaxslar O‘RQ–848-son Qonunda alohida belgilangan.

Eslatma: fuqaroga faqat huquqiy tushuntirish, ariza yoki shikoyat tayyorlashda yordam zarur bo‘lsa, birinchi navbatda bepul huquqiy maslahat byurosiga murojaat qilish mumkin.

Chat