Yo‘q. Nikohdan ajratish haqidagi ishlarda sud er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarni, nikohdan ajratish sabablarini va oilani saqlab qolish imkoniyati bor-yo‘qligini tekshiradi. Sud ishning haqiqiy holatlarini har tomonlama va xolisona aniqlashi kerak.
Tarafning sud majlisiga kelmagani nikohdan avtomatik ravishda ajratishni anglatmaydi. Sud ishni ko‘rish uchun zarur protsessual talablarga rioya qilishi va nikohdan ajratish uchun qonuniy asoslar bor-yo‘qligini aniqlashi lozim.
Nikohdan ajratish ishlarida sud, qoida tariqasida, ishni ikkala taraf ishtirokida ko‘rishi lozim. Sud ishni ko‘rishga tayyorlash bosqichida ikkinchi tarafni chaqirib, uning da’vo talabiga munosabatini aniqlaydi hamda oilani saqlab qolish imkoniyatini muhokama qiladi.
Agar da’vogar va javobgar sud majlisiga kelmasa, sud ishni ko‘rishni keyinga qoldiradi. Agar ular ikkinchi chaqiruv bo‘yicha ham uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasa, sud arizani ko‘rmasdan qoldirishi mumkin. Bu holat Fuqarolik protsessual kodeksi talablari bilan bog‘liq.
Taraf sud majlisiga kela olmasligining sababi mavjud bo‘lsa, bu haqda sudga ma’lum qilishi va zarur hollarda sababni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi kerak.
Sud ishni ko‘rishga tayyorlashda taraflarning huquq va majburiyatlarini, shuningdek nikohdan ajratish bilan bir vaqtda hal qilinishi mumkin bo‘lgan boshqa talablarni ham aniqlaydi.
Nikohdan ajratish haqidagi da’vo, qoida tariqasida, javobgarning doimiy yashash joyidagi sudga beriladi.
Lekin qonunchilikda ayrim istisnolar mavjud. Masalan, javobgarning yashash joyi noma’lum bo‘lsa, da’vo uning ma’lum bo‘lgan oxirgi yashash joyiga yoki mol-mulki turgan joyga berilishi mumkin. Da’vogarning voyaga etmagan bolalari bo‘lsa yoki sog‘lig‘i tufayli javobgar yashaydigan joyga borishi qiyin bo‘lsa, ayrim hollarda da’vo da’vogarning yashash joyida ham berilishi mumkin.
Bir shaxsning yashash joyi haqida bir yil davomida ma’lumot bo‘lmaganining o‘zi uni avtomatik ravishda bedarak yo‘qolgan deb hisoblash uchun etarli emas.
Bunday holatda sudьya fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topishning qonuniy tartibini tushuntiradi. Biroq er yoki xotindan biri bunday ariza berishdan bosh tortsa, bu nikohdan ajratish haqidagi da’voni qabul qilishga to‘sqinlik qilmaydi; sud da’voni umumiy asoslarda ko‘rishi kerak.
Qonunchilikda nikohni sudga murojaat qilmasdan FHDYo organida bekor qilish mumkin bo‘lgan alohida holatlar ham belgilangan.
Jumladan, turmush o‘rtoqlardan biri sud tomonidan:
Bunday holatlarda agar bolalar, umumiy mol-mulk yoki muhtoj mehnatga layoqatsiz er yoki xotinga ta’minot berish bo‘yicha nizo mavjud bo‘lsa, masala sud tartibida hal qilinadi.