Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4388 marta o'qildi

Xalq qabulxonalari dispetcherga aylanib qoldi” — tizimdagi barcha xodimlar  bugundan ishdan bo‘shatiladi

Murojaatni qanday usullarda yuborish mumkin?

Fuqaro Xalq qabulxonasiga o‘z muammosi bo‘yicha:

  • shaxsan borib;
  • yozma murojaat bilan;
  • 1000 qisqa raqami orqali;
  • 0-800-210-00-00 telefon raqami orqali;
  • Prezidentning Virtual qabulxonasi orqali onlayn murojaat qilishi mumkin. Rasmiy Virtual qabulxonada Xalq qabulxonalarining hududlar bo‘yicha manzillari ham ko‘rsatilgan.

Murojaatda nimalar ko‘rsatilishi kerak?

Jismoniy shaxs murojaatida:

  • familiyasi, ismi va otasining ismi;
  • yashash joyi haqidagi ma’lumot;
  • murojaat yo‘llanayotgan davlat organi yoki mansabdor shaxs;
  • masalaning mohiyati ko‘rsatilishi kerak.

Elektron pochta manzili va telefon raqamini ham ko‘rsatish mumkin. Murojaat davlat tilida yoki boshqa tilda berilishi mumkin.

Shaxsan qabulga borganda pasport kerakmi?

Og‘zaki murojaat bilan shaxsiy qabulga kirganda jismoniy shaxs o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi.

Yuridik shaxs vakili o‘z shaxsini va vakolatini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatishi kerak. Ommaviy qabul vaqtida kelib tushadigan murojaatlar uchun istisno mavjud.

Murojaat noto‘g‘ri organga tushsa nima bo‘ladi?

Agar murojaatda ko‘tarilgan masalani hal qilish Xalq qabulxonasi yoki murojaatni qabul qilgan organ vakolatiga kirmasa, u 5 kundan kechiktirmay tegishli organ yoki tashkilotga yuborilishi va murojaat etuvchiga bu haqda xabar qilinishi kerak.

Bunda shikoyatni aynan harakati yoki qarori ustidan shikoyat qilinayotgan organ yoki mansabdor shaxsning o‘ziga hal qilish uchun yuborish taqiqlangan.

Javob qancha vaqtda beriladi?

Ariza yoki shikoyat, qoida tariqasida, masalani hal qilishi kerak bo‘lgan organga kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

Qo‘shimcha o‘rganish, tekshirish yoki hujjatlarni so‘rab olish talab qilinsa — bir oygacha. Alohida hollarda rahbar ko‘rib chiqish muddatini yana ko‘pi bilan bir oyga uzaytirishi mumkin va bu haqda murojaat etuvchiga xabar beriladi.

Murojaat holatini tekshirish mumkinmi?

Ha. Prezidentning Virtual qabulxonasida murojaat raqami va tekshirish kodi orqali murojaatning holatini tekshirish imkoniyati mavjud.

Eslatma: Xalq qabulxonasiga berilgan har bir murojaatning javob muddati avtomatik ravishda bir oy emas. Oddiy ariza yoki shikoyatning asosiy muddati — 15 kun.

Chat