Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi

  • 26.01.2026
  • 70 marta o'qildi

“Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ularning faoliyat samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3760-son, 22.01.2026 y.).


✅ Talabgor Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida (Markaz) har 3 yilda 1 marotaba attestatsiyadan o‘tishi shart.

Talabgorlarni attestatsiyadan o‘tkazish uchun Markaz direktorining buyrug‘i bilan kamida 7 kishidan iborat Attestatsiya komissiyasi tuziladi.

Komissiya attestatsiyadan o‘tish muddati kelgan talabgorlarning ro‘yxatini taqdim etish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qiladi.

✔️ Komissiya tomonidan talabgorlarning anketasi 10 kun ichida atroflicha o‘rganib chiqilib, attestatsiyadan o‘tadigan talabgorlar ro‘yxati tasdiqlanadi.

Attestatsiya 2 oy ichida o‘tkaziladi.

Attestatsiya 5 ta savol va amaliy sinovlardan iborat og‘zaki suhbat shaklida o‘tkaziladi.

Attestatsiya o‘tkazish vaqtida talabgorning suhbat natijalari  5 ballik tizimda baholanadi

Bunda kamida 4 ball bilan baholangan talabgor attestatsiyadan o‘tgan deb topiladi va unga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi.

Chat