Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 7 foizga oshiriladi. Bunda:
♦ yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 983 000 so‘m;
♦ nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 083 000 so‘m;
♦ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
➖ 3 yoshgacha bo‘lgan 1 ta kichik farzandi uchun – 386 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 1 ta farzandi uchun – 295 000 so‘m;
➖ oilaning 2-farzandi uchun qo‘shimcha – 177 000 so‘m;
➖ oilaning 3- va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 118 000 so‘m;
► Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 450 000 so‘m etib belgilandi.
2026 yil 1 sentyabrdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladi.
2026-yil 1-iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 504 000 so‘m etib belgilandi.
✅ 2026-yil 1-sentyabrdan:
▪️ mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 360 000 so‘m;
▪️ bazaviy hisoblash miqdori – 440 000 so‘m etib belgilandi.