Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

1 sentyabrdan YHQ buzganlik uchun jarimalar miqdori qanday o‘zgaradi? — ro‘yxat

  • 24.06.2026
  • 19 marta o'qildi

Bazaviy hisoblash miqdori (BHM) oshirilishi munosabati bilan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar ham ko‘payadi.


O‘zbekistonda 1 sentyabrdan boshlab soliqlar, yig‘imlar, davlat bojlari, jarimalar va davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni hisoblashda qo‘llaniladigan bazaviy hisoblash miqdori qariyb 7 foizga oshirilib, 412 ming so‘mdan 440 ming so‘mga yetkaziladi.

Shunga muvofiq, shu sanadan eʼtiboran YHQ buzganlik uchun quyidagi jarimalar belgilanadi:

• xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun — 220 ming so‘m (hozir 206 ming so‘m);

• dori qutisi, jilet, yong‘in o‘chirgich, avariya to‘xtash belgisi va texnik ko‘rik hujjatlari yo‘qligi uchun — 220 ming so‘m (hozir 206 ming so‘m);

• yo‘l belgilari talablariga rioya qilmaslik, piyodalar yo‘lagida harakatlanish uchun — 220 ming so‘m (hozir 206 ming so‘m);

• hujjatlarsiz transport vositasini boshqarganlik uchun — 440 ming so‘m (hozir 412 ming so‘m);

• sug‘urtasiz harakatlanganlik uchun — 440 ming so‘m (hozir 412 ming so‘m);

• qizil chiroqqa o‘tganlik uchun — 1 million 320 ming so‘m (hozir 1 million 236 ming so‘m);

• taqiqlangan joyda to‘xtaganlik uchun — 880 ming so‘m (hozir 824 ming so‘m);

• haydovchilik vaqtida telefondan foydalanish yoki gaplashish uchun — 1 million 320 ming so‘m (hozir 1 million 236 ming so‘m);

• davlat raqam belgilarisiz harakatlanganlik uchun — 2 million 200 ming so‘m (hozir 2 million 60 ming so‘m);

• tezlikni 20 km/soatgacha oshirganlik uchun — 440 ming so‘m (hozir 412 ming so‘m);

• tezlikni 20 km/soatdan 40 km/soatgacha oshirganlik uchun — 2 million 200 ming so‘m (hozir 2 million 60 ming so‘m);

• tezlikni 40 km/soatdan ortiq oshirganlik uchun — 3 million 960 ming so‘m (hozir 3 million 708 ming so‘m);

• qarshi harakatlanish yo‘lagiga chiqib ketganlik uchun — 4 million 440 ming so‘m (hozir 4 million 412 ming so‘m);

• mastlik holatini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishni rad etganlik uchun — 6 million 600 ming so‘m jarima va 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish (hozir 6 million 180 ming so‘m);

• alkogol taʼsirida transport boshqarganlik uchun — 11 million so‘m jarima va 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish (hozir 10 million 300 ming so‘m);

• maxsus ruxsatnomasiz tonirovka qilingan transport vositasidan foydalanganlik uchun — 11 million so‘m (hozir 10 million 300 ming so‘m);

• maxsus ruxsatnomasiz tonirovka qilingan transport vositasidan bir yil davomida takroran foydalanganlik uchun — 8 million 800 ming so‘m (hozir 8 million 240 ming so‘m).

Eslatib o‘tamiz, BHM so‘nggi marta 2025 yil 1 avgust kuni 375 ming so‘mdan 412 ming so‘mga oshirilgan edi.

Chat