Shuningdek, shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarni saqlash muddatlari belgilandi. Unga ko‘ra:
2019 yil 1 yanvargacha ish yurituvi yakunlangan shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar idoraviy arxivlarda 75 yil mobaynida saqlanadi.
2019 yil 1 yanvardan eʼtiboran shakllantirilgan shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar idoraviy arxivlarda 50 yil mobaynida saqlanadi.
Shu bilan birga, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi doirasida olishning o‘ziga xos xususiyatlari belgilandi.
Rejim doirasida talabgor faoliyatini maxsus elektron tizim yoki YAIDXP orqali vakolatli organga bepul xabar bergan holda, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olmasdan amalga oshirishi mumkin.
Rejimning amal qilish muddati 3 oy bo‘lib, ushbu muddat davomida talabgor muayyan faoliyatni (harakatni) litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz amalga oshirganlik uchun javobgarlikka tortilmaydi.
Talabgor “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimining amal qilish muddati davomida:
▪️ o‘z faoliyatini litsenziya yoki ruxsat berish talablariga va shartlariga muvofiqlashtirish choralarini ko‘radi;
▪️ tegishli litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni belgilangan tartibda oladi yoxud mazkur faoliyatni (harakatlarni) tugatadi.