
18 yoshga to‘lgan va muomala layoqatiga ega O‘zbekiston fuqarosi o‘z xohishiga ko‘ra fuqarolikdan chiqish to‘g‘risida iltimosnoma berishi mumkin.
Iltimosnomani topshirish uchun ariza beruvchining shaxsan kelishi talab etiladi.
Asosiy hujjatlar:
Hujjatlar, qoida tariqasida, 2 nusxada taqdim etiladi.
Arizada bola ko‘rsatilsa:
Agar ariza beruvchining O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan:
O‘zbekistonda doimiy yashasa, ularning ariza beruvchiga nisbatan mulkiy da’vosi yo‘qligi haqidagi notarial tasdiqlangan arizalari talab etiladi.
Hujjatlarni qabul qilgan mas’ul xodim ularning to‘liqligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganini 3 ish kuni ichida tekshiradi.
Iltimosnoma E-Fuqaro axborot tizimida ro‘yxatga olinadi. Ariza beruvchining talabiga ko‘ra, murojaat qabul qilingani haqida 3 ish kuni ichida ma’lumotnoma beriladi.
Muhim: fuqarolikdan chiqish iltimosnoma berilgan paytdan emas, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni qabul qilinganidan keyin amalga oshgan hisoblanadi.
«O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonun
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-martdagi PF-6185-son Farmoni