Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12369 marta o'qildi

Trudovыe sporы: Zaщita interesov rabotnikov i rabotodateley 


Mehnat nizosi nima?

Mehnat nizosi — ish beruvchi va xodim yoki xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasida quyidagi masalalar bo‘yicha hal etilmagan kelishmovchilik:

  • mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni qo‘llash;
  • mehnat shartnomasi shartlarini bajarish;
  • mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etish;
  • yangi mehnat shartlarini belgilash;
  • mavjud mehnat shartlarini, shu jumladan ish haqini o‘zgartirish.

Yakka tartibdagi mehnat nizosi

Yakka tartibdagi mehnat nizosi ish beruvchi va bitta xodim o‘rtasida yuzaga keladi.

Bunday nizolarga, masalan:

  • ish haqi yoki boshqa to‘lovlarni undirish;
  • ishdan bo‘shatish yoki boshqa ishga o‘tkazish;
  • intizomiy jazo;
  • ta’til berish;
  • mehnat shartlarini o‘zgartirish;
  • ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etish bilan bog‘liq kelishmovchiliklar kiradi.

Yakka tartibdagi mehnat nizosi avval ushbu ish beruvchida ishlagan shaxs bilan ham yuzaga kelishi mumkin.

Jamoaviy mehnat nizosi

Jamoaviy mehnat nizosi xodimlar yoki ularning vakillari bilan ish beruvchi yoki ish beruvchilarning vakillari o‘rtasida yuzaga keladi.

U quyidagi masalalarga oid bo‘lishi mumkin:

  • jamoa shartnomasi yoki jamoa kelishuvini tuzish va o‘zgartirish;
  • mehnatga haq to‘lash shartlarini belgilash;
  • ichki mehnat hujjatlarini qabul qilish;
  • mehnat qonunchiligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini qo‘llash.

Da’vo xususiyatiga ega nizolar

Mavjud huquq yoki majburiyatni qo‘llash bilan bog‘liq kelishmovchiliklar da’vo xususiyatiga ega nizolar hisoblanadi.

Masalan, xodim:

  • to‘lanmagan ish haqini undirishni;
  • ishga tiklashni;
  • noqonuniy buyruqni bekor qilishni talab qilsa, huquq to‘g‘risidagi nizo yuzaga keladi.

Bunday nizolar mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi komissiya yoki sud tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Da’vosiz xususiyatga ega nizolar

Yangi mehnat shartlarini belgilash yoki amaldagi shartlarni o‘zgartirishga oid kelishmovchiliklar da’vosiz xususiyatga ega nizolar hisoblanadi.

Ular, jumladan:

  • ish haqini oshirish;
  • yangi ish rejimi belgilash;
  • jamoa shartnomasi shartlarini o‘zgartirish masalalarida yuzaga kelishi mumkin.

Bunday nizolar yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari yoki mediator ko‘magida hal etiladi.

Muhim: mehnat nizosini ko‘rib chiqishning har qanday bosqichida taraflarning ixtiyoriy roziligi bilan mediatsiyadan foydalanish mumkin.

Chat